17 okt 08:06
Yangiliklar

“Vorskla”da mag'lubiyat, Tursunov 82 daqiqa o'ynadi
Hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan “Vorskla” klubi bu turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Dario Drudi boshchiligidagi “Zirka” klubi mehmoni bo'lgan poltavaliklar 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. “Vorskla” 12 ochko bilan turnir jadvalida 7-pog'onadan joy olgan.
“Zirka” esa 11 ochko bilan 8-o'ringa ko'tarilib oldi. Kechagi uchrashuvda Sanjar Tursunov boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi va 82-daqiqada o'z o'rnini jamoadoshi Rebenokka bo'shatib berdi.
ZIRKA – VORSKLA 2:0
Gollar: Moyya, 51, Popov, 78
“Zirka”: Past – Baenko, Pereyra, Kucherenko, Bacula (Matkobojik, 90+1) – Fernandes, Kovalev – SHedriy (Popov, 78), Sitalo, Zagalskiy (Favorov, 65) – Moyya
“Vorskla”: SHust – Siminin, Dityatev, Pilyavskiy, Perduta – Kravchenko, Golodyuk – Bartulovich (Zagorulko, 66), Xlebas (Kobaxidze, 38), SANJAR TURSUNOV (Rebenok, 82) – Kolomoec
Ogohlantirishlar: Pereyra, Moyya, Popov – Bartulovich, Dityatev, Perduta, Golodyuk
Fikrlar