02 okt 10:00
Yangiliklar
Tennis
Voznyacki Pekindagi yurishini davom ettirmoqda
Dunyo reytingida 19-o'rinni egallab turgan Karolin Voznyacki China Open turnirining uchinchi bosqichiga yo'l oldi.
Daniyalik tennis malikasi ikkinchi davrada amerikalik Kristin MakXeylga qarshi bahs olib bordi va 1 soatu 23 daqiqa davom etgan uchrashuvda reytingning 90-pog'onasidan joy olgan raqibasini mag'lub etdi - 6/4, 6/0.
Karolin o'zaro uchrashuvlarda endi raqibasini umumiy 5:2 hisobida mag'lub etmoqda. Voznyacki Pekin turnirining uchinchi bosqichida chexiyalik Katerjina Sinyakovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar