14 mar 12:12
Yangiliklar
Warsaw European Open 2026`ga qura tashlandi. Bugun 4 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz!
Unda dunyoning 4 qitasi 27 davlatidan kelgan jami 320 nafar dzyudochi medallar yo'lida bahslarga kirishadi. O'zbekiston erkaklar terma jamoasining 7 nafar vakili ham Warsaw European Open 2026 turnirida ishtirok etadi. Ilk kungi bellashuvlarda terma jamoamizning to'rt nafar vakili medallar yo'lida kurashga kirishadi.
Saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 14:00, final bloki esa 19:30da boshlanadi.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-60 kg: Bahrom Boturov — Xubert Bedrjicki (Polsha)/Sergey Kim (Ukraina)
-60 kg: Muhammadjon Masharipov — Nurdaulet Mirambekov (Qozog'iston)
-73 kg: Hojiakbar Toshev — Oyxan Sentenak (Franciya)/Augis Raulusonis (Litva)
-73 kg: Inoyat Telmanov — Yakub Pek (Polsha)
-90 kg: Alisher Samanov — David Mexovskiy (Polsha)/Hedar El Ashi (Bolgariya)
-100 kg: Muhammadali Zoirov — Roman Kabello Amaro (Ispaniya)/Mark Ngayap (Franciya)

Fikrlar