02 apr 18:41
Yangiliklar
WBA reytingi ham yangilandi: Ikki bokschimiz o'z vazn peshqadamlari. Do'smatov ko'tarildi
O'tgan oyda bo'lgani singari bahor faslining ilk oyida ham reytingdan 8 nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin oldi. O'z vaznlarida chempionlik kamariga majburiy davogarlar SHahram G'iyosov va Bektemir Meliqo'ziev peshqadamlikni saqlab qoldi. Hasanboy Do'smatov bir pog'onaga yuqorilagan bo'lsa, Otabek Xolmatov aksincha, pastladi.
Bokschilarimizning WBA reytingidagi o'rni:
Hasanboy Do'smatov (minimal vazn) - bir pog'onaga yuqorilab, 6-o'ringa joylashdi (chempion - Rafael Rikardo);
Muhammad SHexov (birinchi yarim engil vazn) - 3-o'rinda qoldi (chempion - Naoya Inoue);
Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn) - 4-o'rinda qoldi (chempion - Naoya Inoue);
Otabek Xolmatov (yarim engil vazn) - bir pog'onaga pastlab, 4-o'ringa tushdi (chempion - Brendon Figuero);
Sirochbek Ismoilov (engil vazn) - 15-o'rinda qoldi (chempion - Jervonta Devis);
SHahram G'iyosov (yarim o'rta vazn) - 1-o'rinda qoldi (chempion - Rolando Romero);
Isroil Madrimov (super yarim o'rta vazn) - 6-o'rinda qoldi (chempion - Ksander Zayas);
Bektemir Meliqo'ziev (super o'rta vazn) - 1-o'rinda qoldi (chempion - Xose Armando Resendis).

Fikrlar