24 okt 11:40
Yangiliklar
WBC reytingi yangilandi: o'zbek bokschilarining o'rni qanday?
Yangi reytingdan 8 nafar bokschimiz o'rin olgan. WBC Gran-prisida finalga yo'l olgan Mujibillo Tursunov ilk bor reytingga kiritildi.
Bokschilarimizning reytingi bilan tanishing:
Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov (+101, 6 kg) - 10-o'ringa tushdi (o'tgan oy 9-o'rinda edi);
Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo'ziev 9-o'ringa qoldi;
Birinchi o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 9-o'rinda edi);
Birinchi yarim o'rta vazn (63,5 kg): Mujibillo Tursunov 32-o'ringa joylashdi (u ilk bor reytingdan o'rin oldi).
Ikkinchi yarim engil vazn (-58,9 kg): Xurshidbek Rasuljonov 32-o'ringa tushdi (o'tgan oy 31-o'rinda edi);
Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 12-o'rinda qoldi.
Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev 11-o'ringa tushdi (o'tgan oy 10-o'rinda edi);
O'ta engil vazn (50,8 kg): Hasanboy Do'smatov 14-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 15-o'rinda edi).
Fikrlar