13 dek 15:03
Yangiliklar
WBC reytingi yangilandi: o'zbek bokschilarining o'rni qanday?
Yangi reytingdan 8 nafar bokschimiz o'rin olgan.
Bokschilarimizning reytingi bilan tanishing:
Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov (+101, 6 kg) - 11-o'ringa tushdi (o'tgan oy 10-o'rinda edi);
Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo'ziev 9-o'ringa qoldi;
Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Nurislom Ismoilov 40-o'ringga joylashdi (ilk bor reytingda).
Birinchi o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 6-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 8-o'rinda edi);
Birinchi yarim o'rta vazn (63,5 kg): Mujibillo Tursunov 28-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 32-o'rinda edi);
Ikkinchi yarim engil vazn (-58,9 kg): Xurshidbek Rasuljonov 30-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 32-o'rinda edi);
Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 10-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 12-o'rinda edi);
Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev 12-o'ringa tushdi (o'tgan oy 11-o'rinda edi);
SHuningdek, o'ta engil vaznda o'tgan oy 14-o'rinda qayd etilgan Hasanboy Do'smatov bu safar reytingda ko'rsatilmagan.
Fikrlar