So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

10 okt 16:17
Yangiliklar

Boks/MMA, Boks reytingi

WBC'ning yangilangan reytingida bokschilarimizning o'rni sezilarli darajada pasaydi, yana bir bokschimiz reytingni tark etdi + POSTER

Butunjahon Boks ittifoqi (WBC) yangilangan reytingni elon qildi.

Butunjahon Boks uyushmasi oktabr oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi. Mazkur reytingdan 11 nafar  bokschimiz qoldi. Sentyabr oyida Islombek Pirmanov reytingni tark etgan bo'lsa, oktabrda Otabek Xolmatov reytingdan chiqib ketdi, ularning o'rni bilan tanishing:


Og'ir vazn: Bahodir Jalolov o'tgan oydagidan uch pog'ona pastlab 25-o'ringa joylashtirildi;


Super o'rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug'ofurov ham 5 pog'ona pastladi va 18-o'ringa joylashtirildi; Bektemir Meliqo'ziev esa 31-o'rinni band etdi, o'tgan oyda 30-o'rinda edi;


Super yarim o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o'rinda;


Yarim o'rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 22-pog'onada; SHahram G'iyosov 24-o'rin;  Jamshidbek Najmitdinov esa 33-o'rindan 2 pog'ona pastlab, 35-o'rinni egalladi;


Super engil vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev 15-o'rinda qayd etildi;


Ikkichi yarim engil vazn (58,9kg): Elnur Abduraimov o'tgan oydagidan bir pog'ona pastlab 40-o'ringa joylashtirildi;


Engil vazn (50,8 kg): Olimjon Nazarov 40-pog'onada qayd etildi;


Birinchi o'ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do'smatovning pog'onasi o'zgarishsiz qoldi - 11-o'rin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing