17 may 10:10
Yangiliklar
WBC'ning yangilangan reytingida SHohjahon va Hasanboy pastladi, Abdug'afurovda ajoyib ko'tarilish + POSTER
Butunjahon boks uyushmasi may oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi. Mazkur reytingdan 10 nafar bokschimiz o'rin olgan.
Birinchi o'ta engil vazn toifasi (48,8 kg) : Hasanboy Do'smatov 15-o'ringa joylashdi. O'tgan oyda bokschimiz 14-pog'onani egallab turgan edi;
Birinchi yarim engil vazn toifasi (55,3 kg): Islombek Pirmanov o'tgan oydagidan 2 pog'ona yuqorilab, 38-o'rinni band etdi;
Yarim engil vazn toifasi (57,1 kg): Otabek Xolmatov ushbu reytingga ilk bor kiritildi va 34-o'ringa joylashtirildi;
Super engil vazn toifasi (63,5 kg): SHohjahon Ergashev 1 pog'ona pastlab, 23-o'rinda qayd etildi;
Yarim o'rta vazn toifasi (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 21-o'rin; SHahram G'iyosov yangi vaznidagi reytingda 26-o'rinni egalladi;
Super yarim o'rta vazn toifasi (69,8 kg): Isroil Madrimov o'tgan oydagi kabi 9-o'rin;
Super o'rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug'afurov 13 pog'ona ko'tarilib 15-o'ringa joylashdi; Bektemir Meliqo'ziev 39-o'rin;
Superog'ir vazn toifasi (+90,7): Bahodir Jalolov 32-o'rin.
Poster muallifi: Muxtasar Umarova
Fikrlar