So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

15 okt 09:07
Yangiliklar

Boks/MMA

WBO Madrimovning vaznidagi chempion - Fundoradan kamarni olib qo'yishi mumkin

WBO tashkilotining etakchi advokati Gustavo Oliveri super yarimo'rta vazn toifasida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Sebastyan Fundoraga oid yangilikni elon qildi.

Unga ko'ra, Fundora agar keyingi jangini yarimo'rta vazn toifasida sobiq chempion Errol Spensga qarshi o'tkazsa, u WBO kamaridan mahrum qilinadi. Sebastyanning keyingi raqibi WBO reytingining kuchli 15 taligidan joy olgan bokschi bo'lishi kerak.

"Fundora WBO qoidalariga rioya qilishi va reytingdagi raqibga qarshi jang qilishi kerak. Bu juda oddiy. Spensning jamoasi yoki uning vakillari, albatta, peticiya qilishlari va nima uchun u jahon reytingida etiborga olinishga loyiqligi haqida bahslashishlari hamda kuchli 15 talikka kirish imkoniyatini talab qilishlari mumkin", dedi Oliveri.

Agar WBO Spensni kuchli 15 talikka kiritsa va jangga ruxsat bersa, Fundora navbatdagi jangini majburiy davogar maqomidagi Terens Kroufordga qarshi o'tkazishi shart bo'ladi.

Agar Krouford boshqa bokschi bilan jang qilishga qaror qilsa, u WBO yo'nalishi bo'yicha majburiy davogar maqomidan ayriladi. Avvalroq Krouford va Fundora jangni 2025 yilning ikkinchi yarmiga ko'chirishga kelishib olgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing