18 mar 16:09
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO reytingi. Qudratillo TOP-15ni tark etdi, ikki bokschimiz esa ko'tarildi
Kecha, 17 mart kuni WBO (Butunjahon boks tashkiloti) bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
Yangi elon qilingan reytingda ikki nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan.
Unga ko'ra, o'taengil vazn (-50,80 kg) toifasida Olimjon Nazarov avvalgi oydan bir pog'ona yuqorilagan va 8-o'rinda qolgan.
Birinchi yarimo'rta vazn (-63,5 kg) toifasida SHohjahon Ergashev avvalgi oydan bir pog'ona yuqoriladi va 11-o'ringa joylashdi.
Yarimo'rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov avvalgi oy 9-o'rinda qayd etilgandi. Ammo, yangi elon qilingan reytingda u TOP-15ni tark etgan. Bunga katta ehtimol bilan Qudratillo may oyida IBF yo'nalishida chempionlik kamari uchun jang qilishi sabab bo'lgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar