22 iyu 21:21
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO reytingi. SHohjahon pastga tushdi, Nazarov o'z o'rnida
WBO (Butunjahon boks tashkiloti) bir necha kun oldin bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
Tashkilot so'nggi marotaba mart oyida reytingni elon qilgandi. Pandemiya sabab biroz tanaffus olgan WBO bir necha kun oldin iyul oyi uchun reytingni taqdim etdi.
Yangi elon qilingan reytingdan ikki nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan.
Unga ko'ra, o'taengil vazn (-50,80 kg) toifasida Olimjon Nazarov mart oyida bo'lgani kabi 8-o'rinda qolgan.
Birinchi yarimo'rta vazn (-63,5 kg) toifasida SHohjahon Ergashev esa ikki pog'ona pastladi va 11-o'rindan 13-o'ringa tushdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar