26 sen 11:49
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO reytingi. SHohjahon va Qudratillo bir xil o'rinda, yana bir bokschimiz yuqoriga ko'tarilib oldi
WBO (Butunjahon boks tashkiloti) sentyabr oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini malum qildi.
Unga ko'ra, o'ta engil vazn toifasida (50, 80 kg) Olimjon Nazarov ilk marotaba 14-o'ringa ko'tarilib oldi. Bungacha u mazkur reytingda kuchli o'n beshtalikka kira olmagandi.
Mazkur yo'nalishda shuningdek, yarimo'rta (-66,67 kg) vazn toifasida janglarda ishtirok etadigan Qudratillo Abduqahhorov o'tgan oydagi kabi 11-o'rinda qoldi. Eslatib o'tamiz, Qudratillo ayni paytda IBF reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi.
Birinchi yarimo'rta (-63,503 kg) vazn toifasida esa SHohjahon Ergashev sakkizinchi o'rindan 11-o'ringa pastladi.
WBO reytingidan boshqa bokschilarimiz joy olishmagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar