06 iyu 17:43
Yangiliklar
Boks/MMA
WBO reytingi yangilandi: 5 nafar bokschimiz TOP-15'da qayd etildi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) iyun oyi uchun yakuniga ko'ra jahon reytingni elon qildi.
Ushbu ro'yxatdan besh nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin oldi. Ular orasida eng yuqori o'rin Isroil Madrimovga tegishli bo'lib turibdi. Super o'rta vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz reytingning 2-pog'onasidan joy olgan.
Bokschilarimiz WBO reytingidagi o'rinlari:
Murodjon Ahmadaliev (ikkinchi engil vazn toifasi - 55,2 kg) 8-o'rin (chempion - Naoya Inoue);
Muhammad SHexov (ikkinchi engil vazn toifasi - 55,2 kg) 5-o'rin (chempion - Naoya Inoue);
Isroil Madrimov (super o'rta vazn toifasi - 69,9 kg) 2-o'rin (chempion - Jaron Ennis);
Bektemir Meliqo'ziev (supero'rta vazn - 76,2 kg) 6-o'rin (Xamza SHiraz);
Bahodir Jalolov (superog'ir vazn - 91,17 kg) - 7-o'rin (chempion - Daniel Dyubua).
Havola :
Manba : WBO
Fikrlar