02 apr 17:59
Yangiliklar
WBO reytingi yangilandi. O'zbek bokschilari orasida eng yuqori o'rin Madrimovda!
Ushbu ro'yxatdan besh nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin oldi. Ular orasida eng yuqori o'rin Isroil Madrimovga tegishli bo'lib turibdi. Super o'rta vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz reytingning 3-pog'onasidan joy olgan.
Buxoroda tug'ilgan, hozirda Rossiyada yashovchi Muhammad SHexov esa 6-o'rinda qayd etilgan.
Bokschilarimiz WBO reytingidagi o'rinlari:
Muhammad SHexov (ikkinchi engil vazn toifasi - 55,2 kg) 6-o'rin (chempion - Naoya Inoue);
SHahram G'iyosov (yarimo'rta vazn toifasi - 66,7 kg) - 11-o'rin (chempion - Devin Xeyni);
Isroil Madrimov (super o'rta vazn toifasi - 69,9 kg) 3-o'rin (chempion - Ksander Zayas);
Bektemir Meliqo'ziev (supero'rta vazn - 76,2 kg) 10-o'rin (chempionlik kamari vakant);
Bahodir Jalolov (superog'ir vazn - 91,17 kg) - 8-o'rin (chempion - Fabio Uordli).

Fikrlar