So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

15 mar 11:54
Yangiliklar

SHaxmat

“Women’s Chess Championship 2025”. Afruza Olimpiada va jahon chempioni bilan murosaga keldi + FOTOGALEREYA

Samarqandda nufuzli “Women’s Chess Championship 2025” xalqaro shaxmat turniri davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu xalqaro turnirda dunyoning 14 davlatidan 150 nafarga yaqin ayol shaxmatchi bosh sovrin uchun bahslar olib boryapti. Turnir ikki - A va V guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan A guruhida reytingi 1800 dan yuqori bo'lgan shaxmatchilar dona suryapti. 

“Women’s Chess Championship 2025” turniri 9 turdan iborat bo'lib, shveycarcha tizimda o'tkazilmoqda. Unda Umida Omonova, Barchinoy SHokirjonova, Afruza Hamdamova, Nodira Nodirjonova, Nilufar Yakubboeva singari o'zbekistonlik shaxmatchilar ham o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishyapti. 

Kecha xalqaro musobaqada 6-tur uchrashuvlari o'tkazildi. SHaxmatchi qizlarimiz orasida eng yaxshi natija qayd etib turgan Afruza Hamdamova oq donalarda rossiyalik grossmeyster, Olimpiada va jahon chempioni Olga Girya bilan durang o'ynadi. Har ikki shaxmatchi hisobidagi ochkolar 4,5 taga etdi. Polshalik grossmeyster Alisya Slivichka eng yaqin taqibchisi eronlik grossmeyster Melika Mohammadini mag'lub etib, 5,5 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi. 

FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik Anna SHuxman vatandoshi Anastasiya Bodnarukni engdi va 5 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Kuchli uchlikka 4,5 ochkoga ega rossiyalik Polina SHuvalova yakun yasagan. Aynan 4,5 ochko to'plagan Melika Mohammadi, rossiyaliklar Olga Girya, Leyla Garifullina hamda hamyurtimiz Afruza Hamdamova keyingi o'rinlarni band etishgan. 

Olti imkoniyatdan 4 ochko jamg'argan Umida Omonova qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 11, Nilufar Yakubboeva 12-o'rindan joy olgan. Maftuna Bobomurodova 3,5 ochko to'plaganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega va u 14-pog'onani egallab turibdi. Guldona Karimova, Marjona Malikova va Nodira Nodirjonova hisobida ham 3,5 tadan ochko bor. 

Bugun “Women’s Chess Championship 2025” turnirida dam olish uchun kuni. Ertaga o'tkaziladigan 7-turda Afruza Hamdamova qora donalarda Polina SHuvalovaga qarshi bahs olib boradi. Umida Omonova singapurlik Gun Cyanyun, Nilufar Yakubboeva rossiyalik Yana Japova, Guldona Karimova hindistonlik Gupta SHubhi, Marjona Malikova rossiyalik Alena Volchkovaga qarshi dona suradi. SHaxmatchilarimizning bari qora donalarda harakat qilishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing