So’nggi yangiliklar

18:39Эртадан пара тоғ чанғичиларимиз қишки Паралимпия ўйинларидаги иштирокини бошлайди 0 18:18"Биз Жонс билан шартнома имзолаймиз, у ўзи лойиқ бўлган пулни олади" - Жейк Пол 0 17:57Гвардиола Винисиусни қандай тўхтатмоқчилиги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:36Менежер Биволнинг навбатдаги уч жанги ҳақида гапирди 0 17:15"Сен 30 миллионга лойиқсан". Нганну Жонсни UFC билан можарода қўллаб-қувватлади 0 16:54Ўзбек бокси юлдузлари ифторлик дастурхонида жам бўлишди (ВИДЕО) 0 16:33Трамп Эроннинг ЖЧ-2026`даги иштироки бўйича сўнгги сўзини айтди 0 16:12Арман Царукян Мокаев билан илк бор учрашди (ВИДЕО) 0 15:51Камилла Раҳимова Остин "Челленжер"идаги иккинчи учрашувини ўтказади 0 15:30Ўзбекистонлик боксчи RCC Гран-присида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 15:09Флик кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 14:48Пэдди Пимблетт Топурия — Гэтжи жанги анонсига муносабат билдирди 0 14:27Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионати уруш туфайли қолдирилди 0 14:06Бир ярим йиллик танаффусдан кейин қайтаётган Нганну жанг олдидан рақиби билан юзма-юз келди (ВИДЕО) 0 13:45Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бўлиб ўтади 0

18 mar 11:46
Yangiliklar

SHaxmat

“Women’s Chess Championship 2025”. Derbida Afruzani mag'lub etishdi, bugun g'olib va sovrindorlar aniqlanadi

Bugun Samarqand shahrida o'tkazilayotgan mukofot jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “Women’s Chess Championship 2025” shaxmat turniri o'z yakuniga etadi.

Musobaqada dunyoning 14 davlatidan 150 nafarga yaqin ayol shaxmatchi bosh sovrin uchun bahs olib boryapti. Kecha 8-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova biroz kutilmaganda yana bir istedodli shaxmatchimiz Guldona Karimovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Yana bir o'zbek derbisida Nilufar Yakubboeva oq donalarda Umida Omonova bilan murosaga keldi. Marjona Malikova oq donalarda eronlik Melika Mohammadiga yutqazib qo'ydi. Musobaqaning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi, rossiyalik Polina SHuvalova peshqadam, polshalik grossmeyster Alisiya Slivichka bilan durang qayd etdi. Rossiyalik grossmeyster, Olimpiada va jahon chempioni Olga Girya vatandoshi Anna SHuxmandan engildi. 

Bu turda hamyurtlarimizdan Nodira Nodirjonova, Maftuna Bobomurodova, Ruqiya Olimova raqibalariga yutqazib qo'yishdi. Bugun o'tkaziladigan so'nggi tur oldidan turnir jadvalida qo'shhokimlik yuzaga keldi. Alisiya Slivichka hamda Anna SHuxman 6,5 tadan ochko jamg'arib, birinchi va ikkinchi o'rinlarni band etishgan. Rossiyaliklar Polina SHuvalova va Anastasiya Bondaruk hisobida 6 tadan ochko bor. 

SHaxmatchilarimiz orasida eng yaxshi natijaga Guldona Karimov ega bo'lib turibdi. U kechagi g'alabasi evaziga 8 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8-o'ringa ko'tarilib oldi. Beshinchi pog'onadagi Olimpiada va jahon chempioni Olga Girya hisobida ham 5,5 ochko bor. Umida Omonova 5,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-o'rindan 9-pog'onaga tushdi. Besh ochkoga ega Nilufar Yakubboeva 13, 4,5 ochko bilan qolgan Afruza Hamdamova 15-o'rindan joy olgan. 

Ayni daqiqalarda “Women’s Chess Championship 2025” turnirida so'nggi 9-tur partiyalari o'ynalmoqda. Yana bir o'zbek derbisida Umida Omonova oq donalarda Guldona Karimovaga qarshi bahs olib boryapti. Nilufar Yakubboeva qora donalarda rossiyalik Varvara Polyakova bilan hisob-kitob qilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing