So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

13 mar 13:10
Yangiliklar

SHaxmat

“Women’s Chess Championship 2025”. SHaxmatchi qizlarimiz etakchilar safida + FOTOGALEREYA

Samarqandda nufuzli “Women’s Chess Championship 2025” xalqaro shaxmat turniri davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu xalqaro turnirda dunyoning 14 davlatidan 150 nafarga yaqin ayol shaxmatchi bosh sovrin uchun bahslarga kirishgan. Turnir ikki - A va V guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan A guruhida reytingi 1800 dan yuqori bo'lgan shaxmatchilar dona suryapti. 

“Women’s Chess Championship 2025” turniri 9 turdan iborat bo'lib, shveycarcha tizimda o'tkazilmoqda. Unda Umida Omonova, Barchinoy SHokirjonova, Afruza Hamdamova, Nodira Nodirjonova, Nilufar Yakubboeva singari o'zbekistonlik shaxmatchilar ham bahslarga kirishgan. 

Kecha xalqaro musobaqada 4-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Uch imkoniyatdan 2,5 ochko jamg'argan Guldona Karimova (2160) oq donalarda reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan singapurlik ayol grossmeyster Gun Cyanyun (2272) bilan durang o'ynadi. Afruza Hamdamova o'zbek derbisida Maftuna Bobomurodovani taslim etdi. Nilufar Yakubboeva esa FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan rossiyalik Alyona Volchkovadan ustun keldi. Umida Omonova qozog'istonlik Zeynep Sultanbek bilan murosaga keldi. Nodira Nodirjonova reytingi o'zidan baland hindistonlik Nandhidhaga imkoniyatni boy berdi. 

Beshinchi tur oldidan turnir jadvalida polshalik ayol grossmeyster Alisa Slivichka (2342) yuz foizlik natija (4 ochko) bilan yakka peshqadamlik qilyapti. Rossiyaliklar Polina SHuvalova, Olga Girya va eronlik Melika Mohammadi 3,5 tadan ochko jamg'arib, keyingi o'rinlarni band etishgan. Guldona Karimova 3 ochko to'plaganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega va u 5-pog'onadan joy olgan. Uch ochkoga ega Afruza Hamdamova 9, Nilufar Yakubboeva 12-o'rinni egallab turibdi. Marjona Malikova va Umida Omonova hisobida 2,5 tadan ochko bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing