So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

19 mar 10:50
Yangiliklar

SHaxmat

“Women’s Chess Championship 2025” yakunlandi. SHaxmatchilarimiz sovrinli o'rinlarni band etishdimi?

Samarqand shahri mezbonlik qilgan mukofot jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “Women’s Chess Championship 2025” shaxmat turniri o'z yakuniga etdi.

Musobaqada dunyoning 14 davlatidan kelgan 150 nafarga yaqin ayol shaxmatchi ikki guruhda bosh sovrin uchun bahs olib bordi. So'nggi 9-tur uchrashuvlarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. "A" guruhida bosh sovrin polshalik Alisiya Sliviskaga nasib etdi. U 9-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, rossiyalik Anastasiya Bondarukni mag'lubiyatga uchratdi. To'qqiz imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'argan Alisiya “Women’s Chess Championship 2025” chempioniga aylandi. Vatandoshi Polina SHuvalova bilan durang o'ynagan rossiyalik Anna SHuxman 7 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. 

Uch nafar shaxmatchi - Polina SHuvalova, Leya Garifullina va hamyurtimiz Umida Omonova 6,5 tadan ochko to'pladi. Faqat qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra SHuvalova sovrinli uchinchi o'ringa ega chiqdi. Omonova 5-o'rinni band etdi. U so'nggi turda yana bir shaxmatchimiz Guldona Karimovadan ustun kelgandi.      

Yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova 9-turda yana bir vakilamiz Marjona Malikovani taslim etdi. Nilufar Yakubboeva qora donalarda rossiyalik Varvara Polyakova bilan murosaga keldi. Besh yarimtadan ochko jamg'argan Guldona Karimova 11, Afruza Hamdamova 12, Nilufar Yakubboeva 16-o'rin bilan kifoyalandi.     

Etiborlisi, musobaqaning "B" guruhida sovrinli o'rinlarning bari o'zbekistonlik shaxmatchilarga nasib etdi. Maftuna Mamatqulova 9 imkoniyatdan 8 ochko to'plab, ushbu guruh g'olibasiga aylandi. Robiyaxon Sardorova 7,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, 7 ochkoga ega SHohina Ahmedova kuchli uchlikka yakun yasab berdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing