03 iyu 07:23
Yangiliklar
World Athletics yangi jahon rekordlarini tasdiqladi
Butunjahon engil atletika federaciyalari associaciyasi pandemiya boshlanish arafasida qayd etilgan bazi jahon rekordlarini rasman tasdiqladi.
Jumladan, erkaklar o'rtasida langarcho'pga tayanib sakrash bo'yicha shveciyalik Armand Dyuplantisning Polshadagi turnirda ko'rsatgan 6.17 metrlik natijasi rasman tan olindi. Armand o'shanda bir hafta o'tgach Glazgoda o'z natijasini 1 sm.ga yaxshilashga muvaffaq bo'lgan edi. Hozirda ushbu ko'rsatkich o'z tasdig'ini kutmoqda. Quyida yana bazi rekordlar haqida malumot:
Yo'nalish: langarcho'pga tayanib sakrash (erkaklar)
Yangi rekord: 6.17 m
Avvalgi rekord: 6.16 m (Reno Lavileni)
Muallif: Armand Dyuplant (SHveciya)
Musobaqa: Copernicus Cup (Polsha)
Yo'nalish: 5 000 metr (erkaklar)
Yangi rekord: 12:51 minut
Avvalgi rekord: 13:22 (Robert Keter)
Muallif: Joshua Keptegi (Uganda)
Musobaqa: Monaco Run (Monako)
Yo'nalish: uch hatlab sakrash, yopiq inshootda (Ayollar)
Yangi rekord: 15.43 metr
Avvalgi rekord: 15.36 (Tatyana Lebedeva)
Muallif: Yulimar Roxas (Venesuela)
Musobaqa: Villa de Madrid Indoor Meeting (Madrid)
Fikrlar