So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

27 apr 07:46
Yangiliklar

Boks/MMA

World Boxing Kubogi. Gap sonda emas, sifatda! To'rt bokschimizdan uch nafari shohsupada!

Braziliyaning Foz de Iguasu shahri mezbonlik qilgan World Boxing tashkiloti kubogining 2026 yildan o'rin olgan birinchi bosqichi yakuniga etdi.

Ushbu nufuzli musobaqada jahonning 49 davlatidan kelgan 400 nafar bokschi medallar yo'lida ringga ko'tarildi. Yurtimiz sharafini Elshod Rasulov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar bokschisi himoya qildi. Ulardan birgina -51 kg vazndagi bokschimiz Feruza Kazakova germaniyalik Maksi Klozega imkoniyatni boy berib, turnirni medalsiz yakunladi. 

Qolgan uch bokschimiz Braziliyadan medal bilan qaytadigan bo'ldi. -48 kg vazn toifasidagi vakilamiz Farzona Fozilova hal qiluvchi final jangida meksikalik Fatima Errerani 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, dastlabki oltin medalni terma jamoamizga taqdim etdi. 

O'zbekistonning 2025 yildagi eng yaxshi ayol sportchisi Navbahor Hamidova esa final jangida qozog'istonlik ikki karra jahon chempioni Aida Abikeevani 5:0 hisobida taslim etdi. Bu bilan Hamidova o'tgan yili Liverpuldagi Jahon chempionati finalidagi mag'lubiyat uchun qozog'istonlik raqibasidan munosib revansh oldi. Navbahor World Boxing Kubogining ikki karra g'olibasiga aylandi.  

Og'ir vazndagi charm qo'lqop ustamiz Jahongir Zokirov World Boxing Kubogida bronza medaliga sazovor bo'ldi. Hakamlar 1/2 finalda armanistonlik tajribali raqib David CHaloyanga 3:2 hisobidagi g'alabani taqdim etishgandi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida oltinchi o'rinda yakunladi. To'rt nafar bokschi bilan qatnashgan davlat terma jamoasi uchun bu juda ham yaxshi natija. Braziliya 4 ta oltin, 5 ta kumush medal bilan birinchi o'rinni band etdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing