25 apr 09:28
Yangiliklar
World Boxing Kubogi. Zokirov va Hamidova keyingi bosqichda
Ushbu nufuzli musobaqada Elshod Rasulov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar bokschisi himoya qilayotgandi. Ulardan -51 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Feruza Kazakova germaniyalik Maksi Klozega 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Qolgan bokschilarimiz chempionlik sari yurishlarini davom ettirishyapti. -48 kg vazn toifasidagi bokschimiz Farzona Fozilova ikkinchi bosqichda marokashlik Vissal Fahirni 4:1, O'zbekistonning 2025 yildagi eng yaxshi ayol sportchisi Navbahor Hamidova shveycariyalik Anna Jennini 4:1, og'ir vazndagi charm qo'lqop ustamiz Jahongir Zokirov ruminiyalik Florin Ionitani 5:0 hisobida mag'lub etgan edi.
Bugun -65 kg vazndagi vakilamiz Navbahor Hamidova braziliyalik Beatriz Gomesga qarshi bahs olib bordi va mezbon bokschini hakamlarning yakdil qarori evaziga 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bahodir Jalolovning izdoshi sifatida qaralayotgan Jahongir Zokirov uchinchi bosqichda bolgariyalik Yordan Morejondan 5:0 hisobida ustun keldi.

Fikrlar