18 mar 14:55
Yangiliklar
Boks/MMA

World Boxing XOQni qo'llab-quvvatladi va ishonch uchun minnatdorlik bildirdi
World Boxing tashkiloti Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi (XOQ) Ijroiya qo'mitasining boksni 2028 yil Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish taklifini qo'llab-quvvatladi.
Boksni O'yinlar dasturiga kiritish masalasi 19-21 mart kunlari Greciyada bo'lib o'tadigan XOQ sessiyasida ko'rib chiqiladi.
World Boxing prezidenti Boris van der Vorst bu qarorni Olimpiya boksining kelajagi uchun muhim qadam deb atadi va XOQga bildirgan ishonchi uchun minnatdorlik bildirdi.
Mazkur xalqaro federaciya 2023 yilda tashkil etilgan bo'lib, 2025 yil 26 fevral kuni XOQ tomonidan vaqtinchalik tan olingan edi. O'zbekiston ham uning azosi hisoblanadi.
Havola :
Manba : worldboxing.org
Fikrlar