12 iyu 08:45
Yangiliklar
Taekvondo

"World Taekwondo Diamond Games": Bugun ikki tarkibimiz medallar uchun kurashadi
Bugun Muju shahrida (Koreya Respublikasi) taekvondo WT bo'yicha G4 klassifikaciyasidagi "Muju Taekwondowon 2025 World Taekwondo Diamond Games" musobaqasi davom ettiriladi.
Turnirning ikkinchi kuni doirasida 295 kg vazn toifasida aralash juftlik bellashuvlari tashkil etiladi. Unda ikkita tarkibdan iborat jamoamiz ishtirok etadi.
O'zbekiston 1 (Ozodbek Mamadaliev, Yodgor Jo'raboev, Sevinch Hayitova, Ozoda Sobirjonova)
O'zbekiston 2 (Diyorbek To'xliboev, SHuhrat Salaev, SHabbona Abduvalieva, Svetlana Osipova).
Dastlabki tarkibimiz nimchorak final bosqichi doirasida Singapur termasi bilan to'qnash kelsa, ikkinchi to'rtligimiz Indoneziya vakillariga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar