22 fev 21:52
Yangiliklar
SHaxmat
WR Chess Masters. Nodirbek Abdusattorov ishtirokidagi partiya yakunlandi + FOTO
SHu kunlarda Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli WR Chess Masters turniri o'tkazilmoqda.
Ayni daqiqalarda grossmeysterlar 6-turda o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishyapti. Hozirgina 6-turning ilk partiyasi yakuniga etdi. Unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2734) qora donalarda hindistonlik Dommardju Gukesh (2718)ga qarshi bahs olib bordi. Tomonlar uchrashuvda durangga imzo chekishdi.
Hozircha Nodirbek 6 imkoniyatdan 2,5 ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-pog'onadan 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Qolgan partiyalar hali davom etmoqda. Gukesh 3,5 ochko bilan 2-o'rinni band etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar