So’nggi yangiliklar

11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0

13 okt 11:09
Yangiliklar

Tennis

WTA reytingi yangilandi. Etti tennis malikamizdan olti nafari ko'tarildi

Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional tennischilarning yangi haftalik reytingini elon qildi.

Etiborga molik jihati shundaki, O'zbekistonning WTA reytingidan o'rin olgan etti tennischisidan olti nafari ko'tarilishga erishdi. Birgina Layma Vladson reytingda pastladi (besh pog'onaga). Mariya Timofeeva bu haftada ham mamlakatimizning birinchi raketkasi bo'lib qolmoqda. U besh pog'onaga yuqorilab, dunyoning 63-raketkasi bo'lib turibdi. Ikkinchi raketkamiz Kamilla Rahimova etti, uchinchi raqamli tennischimiz Polina Kudermetova esa ikki pog'onaga ko'tarildi. 

Qolgan tennischilarimizga to'xtaladigan bo'lsak, Sevil Yuldasheva 20, Milana Maslenkova 21, Darya SHubina 15 o'ringa yuqoriladi. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham bir nechta ahamiyatga molik o'zgarishlar kuzatildi. Rossiyalik iqtidor egasi Mirra Andreeva dunyoning uchinchi raketkasiga aylanib oldi. U beshinchi pog'onadan uchinchi o'ringa ko'tarildi. Amerikaliklar Jessika Pegula va Koko Goff bir pog'onadan pastlashdi. Elina Svitolina, Karolina Muxova aksincha, bir pog'onadan yuqorilashdi. Qozog'istonlik Elena Ribakina hamon katta farq bilan WTA reytingida peshqadamlik qilmoqda. 


WTA reytingi. 12 oktyabr kungi holat:

1. (1) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 9696 ochko.

2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 7550.

3. (5) Mirra Andreeva (Rossiya) - 6371.

4. (3) Jessika Pegula (AQSH) - 6225.

5. (4) Koko Goff (AQSH) - 5974.

6. (7) Elina Svitolina (Ukraina) - 5024.

7. (8) Karolina Muxova (CHexiya) - 4773.

8. (6) Linda Noskova (CHexiya) - 4679.

9. (9) Iga SHvyontek (Polsha) - 3999.

10. (10) Marta Kostyuk (Ukraina) - 3910.


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

63 (68). Mariya Timofeeva – 997

69 (76). Kamilla Rahimova – 959

102 (104). Polina Kudermetova – 730

579 (574). Layma Vladson – 82

1002 (1022). Sevil Yuldasheva – 20

1334 (1351). Milana Maslenkova – 7 

1466 (1481). Darya SHubina – 4

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing