02 iyu 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol

Xabib Nurmagomedov 2021 yil "Oltin to'p"ni kim olishi kerakligini aytdi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov 2021 yilgi futbol bo'yicha "Oltin to'p" sohibi kim bo'lishini aytdi.
Nurmagomedovning fikricha, ushbu sovrin "CHelsi" klubi futbolchisi N'Golo Kantega berilishi lozim.
"Kante? Uni Franciya terma jamoasida qanday harakat qilganini ko'rdingizmi?! SHaxsiy fikrimcha, aynan Kante "Oltin to'p"ga loyiq", -dedi Xabib Nurmagomedov instagramdagi "433" sahifasiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 turnirida Franciya terma jamoasi allaqachon musobaqani tark etib ulgurdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar