25 iyu 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov Dog'istondagi teraktga munosabat bildirdi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, SHon-shuhrat zali azosi Xabib Nurmagomedov ona yurti Dog'istonda bo'lib o'tgan terakt haqida fikr bildirdi.
"Jabrlanganlarning barcha oila azolari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Alloh barchamizni bunday holatlardan asrasin, boshimiz uzra tinch osmonimizni bersin. O'zingizga va yaqinlaringizga g'amxo'rlik qiling va har kim o'z atrofiga, farzandlariga, kim bilan muloqot qilishiga va atrof-muhitga etiborli bo'ling. Ruhlar tarbiyasi tana tarbiyasidan muhimroqdir", deb yozadi Xabib ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, kecha, 23 iyun kuni kechqurun Derbent shahridagi cherkov va sinagoga, shuningdek, Maxachqaladagi yo'l policiyasi postiga qurollangan shaxslar hujum qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar