20 may 11:52
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Xabib Nurmagomedov Islam Maxachevning mashg'ulot yig'iniga qo'shildi + FOTO
Engil vazn toifasida UFC chempioni, rossiyalik Islam Maxachev navbatdagi jangi uchun so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda.
			U 2 iyun kuni AQSHning Nyu-Jersi shtati, Nyu-Ark shahrida bo'lib o'tadigan UFC 302 turniri doirasida mezbon yurt vakili Dastin Pore bilan jang qiladi.
Ayni paytda Maxachev jamoasi mashg'ulotlar yig'inini Nyu-Jersi shtatida davom ettirmoqda. Ahamiyatlisi, yig'inga sobiq chempion, shuningdek, Maxachevning jamoadoshi Xabib Nurmagomedov ham qo'shildi.
Hozircha Xabibning UFC 302 turnirida Islamga sekundantlik qilishi borasida xabarlar mavjud emas.

            Havola            :         
                    Manba                : Ushatayka
            
			
Fikrlar