28 may 18:18
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov: Iyul oyi qiziqarli bo'ladi
Engil vazn toifasida UFC`ning sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov Instagram`da yana bir xabar qoldirib, jamoasining qator azolari iyul oyida jang o'tkazishini esladi.
"Iyul oyi qiziqarli bo'ladi", deb yozgan Xabib, Islom Maxachev, Abubakar Nurmagomedov, Usman Nurmagomedov va Islom Mamedovga teglar qo'ygan.
Xabib ilova qilgan fotosuratga qaraganda, o'z atrofidagilarining janglari u uchun ikkinchi darajali rol o'ynashi mumkin emas.
Eslatib o'tamiz, Islom Maxachev 17 iyul kuni Tiago Moyzes bilan uchrashadi. Daniel Rodriges bilan jang qiladigan Abubakar Nurmagomedov ham o'sha turnirda ishtirok etadi. Usman Nurmagomedov va Islam Mamedov Bellator`da jang qiladi, ularning raqiblari hali aniq emas.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar