29 okt 17:20
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol

Xabib Nurmagomedov qaysi futbolchining muxlisi ekanligini aytdi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ayni damda qaysi futbolchi faoliyatini kuzatib borayotganini aytib berdi.
"Saloh bilan hech qachon uchrashmaganman, ammo uning o'yinini kuzataman. U ajoyib forvard va o'z kamtarligi bilan dunyoga musulmon olamini namoyish etmoqda. Hozirgi avlod shunday insonlarga muhtoj. Salohning intizomi va kamtarligi uni butun dunyoga mashhur qildi" - deydi Nurmagomedov.
Joriy mavsum Saloh "Liverpul" safida 14ta o'yin o'tkazib, 7ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar