16 iyu 12:54
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Germaniyadagi turnirda mahoratini namoyish etadi
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina kelayotgan hafta Germaniyadagi turnirda ishtirok etadi.
Hamyurtimiz Kaltenkirxen shahri mezbonlik qiladigan musobaqada o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Turnirning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Xabibulina asosiy to'r bahslarida ettinchi raqam ostida tasniflangan.
Ertaga qura tashlash marosimi o'tkaziladi va shundan so'ng Albina ilk davradagi raqibasi nomini bilib oladi. Bu turnirda sobiq hamyurtimiz ayni paytda Isroil sharafini himoya qilayotgan Vlada Yakshibarova ham ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar