24 jan 08:16
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Germaniyadagi turniri yakkaligida kortga chiqdi
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Germaniyaning SHtutgart shahrida davom etayotgan mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etyapti.
Hamyurtimiz kecha oqshom yakkalik bahslaridagi ishtirokini boshlydi. Albina ilk davrada shveycariyalik Tess Sugnauksga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda banklar yurti vakilasi 6:0, 6:2 hisobida g'alaba qozonib, ikkinchi bosqichga chiqdi.
Taqqoslash uchun, Albina Xabibulina dunyo reytingida
602, uning raqibi esa 481-o'rinni egallab turibdi. Tennischimiz juftlik
bahslarida ishtirok etmayapti. Demak, uning uchun SHtutgartdagi ishtirok yakunlandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar