23 iyu 11:22
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/502_220.jpg)
Xabibulina Kaltenkirxen turniri yakkaligida mag'lub bo'ldi
Germaniyaning Kaltenkirxen shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming dollardan iborat bo'lgan turnir davom etmoqda.
Ushbu musobaqada istedodli tennischimiz Albina Xabibulina ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Afsuski, hamyurtimiz yakkalik bahslarining ilk davrasida mag'lubiyatga uchradi.
Turnirning uchinchi raqamli ishtirokchisi germaniyalik Katarina Xobgarskiga qarshi kortga chiqqan Albina kuchli raqibasiga ikki setda ham bir xil 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar