27 mar 18:23
Yangiliklar
Tennis
Xachanov Mayami “Masters” turnirning uchinchi davrasida
Rossiyalik tennischi Karen Xachanov Mayami "Masters" turnirining uchinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Dunyoning 22-raketkasi bo'lib turgan Xachanov ikkinchi davra uchrashuvida germaniyalik Yannik Ganfmanni 6/3, 6/2 hisoblarida mag'lub etdi. Bir soatu 11 daqiqa davom etgan uchrashuvda 24 yoshli Karen beshta breykni amalga oshirib, bitta eys qayd etdi va bir bor qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Jahon tasnifida 108-o'rinni egallab turgan 29 yoshli Ganfmann esa ikki marta raqibining to'p uzatishini yutib oldi, bitta eys va bitta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bu tennischilarning ilk uchrashuvi edi. Endi Xachanov Miami Open turnirining uchinchi bosqichida italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar