04 dek 13:30
Yangiliklar
Futbol
Xall rossiyalik murabbiyni istefoga chiqardi
Xall Siti rahbariyati bosh murabbiy Leonid Sluckiyni ishdan bo'shatdi.
Tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi.
Sluckiy bilan birga Xallni strategik direktori Oleg Yarovinskiy ham tark etdi.
Rossiyalik
murabbi yo'lbarslarni shu yilning iyun oyida qabul qilib olgan. Uning
qo'l ostida jamoa 20ta o'yin o'tkazib 4ta g'alaba, 9ta durang va 7ta
mag'lubiyat qayd etdi.
Xall oxirgi 7ta uchrashuvda g'alaba qozona olmadi (3ta durang va 4ta mag'lubiyat) va musobaqa jadvalida 20-pog'onada bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar