27 dek 10:31
Yangiliklar
Xalqaro Bahodirlar o'yinlari federaciyasi prezidenti Toshkentga keldi
Kecha O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari SHaxrillo Mahmudov Vladimir Burdun, WSF Bosh kotibi Vladislav Redkin O'zbekiston Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish federaciyasi raisi Vohiddin Najmidinov bilan uchrashdi.
Burdun suhbat jarayonida O'zbekistonda o'tkaziladigan har bir musobaqaga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rilishini etirof etib, o'zbekistonlik sportchilar mazkur musobaqalarda yuqori natijalar ko'rsata olganligi tahsinga loyiqligini aytib o'tdi.
SHuningdek, muloqot davomida masullar tomonidan 2025 yilning aprel oyida Andijon viloyatining Xonobod shahrida yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik holati, kelgusi hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashishdi.
Fikrlar