21 iyu 10:47
Yangiliklar

Xalqaro CHempionlar kubogi. “Bavariya” "Real"ni ikki to'p farqi bilan mag'lub etdi
Xyustondagi “NRG stedium»da o'tgan bellashuvning 15-daqiqasida Tolisso hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin Robert Levandovski oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 69-daqiqada Serj Gnabri qirollik klubi darvozasiga uchinchi to'pni kiritdi.
O'yinning 81-daqiqasida “Bavariya” maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi. Sven Ulrayx qizil kartochka olib maydonni tark etdi. 85-daqiqaga kelib Rodrigo oradagi farqni bittaga qisqartirdi - 3:1.
Bavariya Germaniya – Real Madrid Ispaniya 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 15 Tolisso, 2:0 – 67 Levandovski, 3:0 – 69 Gnabri, 3:1 – 84 Rodrigo.
Bavariya – Noyer (Ulrayx, 46), Kimmix, Alaba (Cayzer, 73; Xoffmann, 83), Boateng, Tolisso (Singx, 72), Martines (Zyule, 46), Sanshesh (Pavar, 46), Alkantara (Goretcka, 59), Koman (Devis, 59), Myuller (Levandovski, 46), Arp (Gnabri, 46).
Real Madrid – Kurtua (Navas, 46), Varan (Adri, 46), Ramos (Nacho, 46), Marselo (Mendi, 46), Karvaxal (Xavi, 46), Modrich (Seoane, 46), Isko (Rodrigo, 46), Asensio (Vaskes, 46), Kroos (Kubo, 46), Azar (Vinisius Junior, 46), Benzema (Yovich, 46).
Ogohlantirishlar: Kimmix (51), Goretcka (90).
CHetlatish: Ulrayx (81).
Fikrlar