09 mar 10:26
Yangiliklar
SHaxmat
Xalqaro grossmeysterimiz Malayziyadagi turnir g'olibasi bo'ldi
O'zbekistonlik xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova Malayziyada o'tgan First Friday Masters March 2018 turniriada bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
Aylana tizimda o'tgan turnirda Malayziya, Myanma, Filippin, Hindiston va Vetnam davlatlaridan ham ishtirokchilar dona surishdi. Tohirjonova musobaqa davomida mag'lubiyatga uchramadi.
Gulruhbegim 9ta turda 4ta g'alaba va 5ta durang natija qayd etib, 6,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra musobaqa g'olibasiga aylandi. Tohirjonova birinchi ayol grossmeysteri Nafisa Mo'minovaning singlisi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar