So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

27 dek 07:22
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Xalqaro konkichilar ittifoqi rossiyalik sportchilarga Olimpiada saralashida ishtirok etishga ruxsat berdi, faqat bir shart evaziga

ISU (Xalqaro konkichilar ittifoqi) rossiyalik sportchilarga neytral maqomda Olimpiada kvalifikaciyasida ishtirok etishga ruxsat berdi.

Qaror ISU kengashida qabul qilingan.

2025 yil 1-28 fevral kunlari oralig'ida Rossiya figurali uchish federaciyasi hamda Rossiya konkida uchish ittifoqi figurali uchish, konkida uchish va short-trek bo'yicha har bir dasturda bir nafardan sportchini taqdim etishi mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tish joiz, rossiyalik sportchilar 2022 yildan buyon figurali uchish, short-trek va konkida uchish bo'yicha xalqaro musobaqalardan chetlashtirilib kelinayotgandi.

ISU rasmiy xabariga ko'ra, rossiyalik jami olti nafar figurali uchuvchilar Olimpiya o'yinlari saralashida ishtirok etish huquqiga ega. 

Konkida uchish sport turida esa har bir masofaga bittadan, jami 12 nafar sportchi qatnashishi mumkin. SHort-trekda olti kishiga ruxsat beriladi.

SHu tariqa, jami 24 nafar rossiyalik sportchi 2026 yilgi qishki Olimpiada o'yinlari saralashida ishtirok etishi mumkin bo'ladi.

Malumot o'rnida, figurali uchish bo'yicha kvalifikacion turnir 2025 yilning 17-21 sentyabr kunlari Xitoyning Pekin shahrida o'tkaziladi. Unda sport juftligi yo'nalishida O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish hamda Dmitriy CHigirev ham ishtirok etishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing