03 apr 09:43
Yangiliklar

Xalqaro Muaytay uyushmalari federaciyasi (IFMA) vice-prezidenti O'zbekistonga keldi
Sport vaziri o'rinbosari, O'zbekiston muaytay federaciyasi raisi Avazjon Karimov Xalqaro Muaytay uyushmalari federaciyasi (IFMA) vice-prezidenti, Evropa muaytay federaciyasi prezidenti, Turkiya muaytay federaciyasi prezidenti janob Hasan Yildiz bilan uchrashuv o'tkazdi.
️Uchrashuv davomida so'nggi yillarda mazkur sport turining yurtimizda keng rivojlanib borayotganligi va sportchilarimizning musobaqalarda munosib ishtirok etishlari uchun yurtimizda etarli shart-sharoit yaratilganligi etirof etildi.
Bundan tashqari, hamkorlikda o'quv mashg'ulotlari tashkil etish, yurtimizga Turkiyadan malakali hakamlarni jalb etish, shuningdek, Turkiy davlatlar o'rtasida o'tkaziladigan jahon chempionatini yurtimizda o'tkazilishi bo'yicha takliflar muhokama qilindi.
Fikrlar