14 okt 07:21
Yangiliklar
![](/upload/storage/46746_220.jpg)
Xalqaro musobaqa. Belgiya U19 - O'zbekiston U17 - 1:1
10 oktyabr kuni SHotlandiya U-18 bilan durang o'ynagan o'smirlarimiz kecha o'zlaridan ikki yosh katta Belgiya terma jamoasi futbolchilariga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda vakillarimiz hisobni ochishdi. Hojimat Erkinov gol muallifiga aylandi.
Lekin ikkinchi bo'lim oxirida evropaliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi - 1:1. Endi 15 oktyabr kuni G'ulomxo'jaev jamoasi Franciya U-18 bilan o'ynaydi.
13 oktyabr, shanba. Marbella, Ispaniya
BELGIYA U19 — O'ZBEKISTON U17 1:1
Gollar: Hojimat Erkinov, 16 (0:1). Kiril Ngonge, 79 (1:1).
Belgiya U19: 1. Robin Mantel — 2. Muhammad Bushari, 3. Joren Leyssens, 4. Lars Dendonker, 5. Maksim Dekyuper — 6. Matyu de Smet, 8. Tomas Dure, 10. Teo Leoni — 9. Ibrahim Junior Kargbo, 11. Usman Bussaid, 19. Kiril Ngonge.
Zaxiradagilar: 12. Korentin Mishel, 23. Tomas Rosala; 14. Ivud Pletink, 15. Brent Laes, 17. SHavn Adevoye, 20. Tieri Lutonda; 13. Maksime de Bie, 16. Matias Llosi, 18. Rabbi Muenda; 7. Lois Openda.
O'zbekiston U17: 1. Abduvohid Nematov — 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 4. Odil Abdumajidov, 14. Sunnat Hamidjonov, 2. Saidazamat Mirsaidov — 9. Mironshoh Sattorov, 15. Diyor Ramazonov — 10. Jasur Jaloliddinov (11. Begzod SHamsiev, 90) — 20. Xushnud Bozorov (22. Muzaffar Olimjonov, 30, 23. Eldor Begimov, 82), 17. Hojimat Erkinov — 7. Abdulaziz Abdusalomov (16. Muhammadqodir Rahimbergenov, 50,
18. Ulug'bek Hoshimov, 82).
Zaxiradagilar: 12. Asad Polvonov; 3. Asliddin Toshtemirov, 5. Sodiq Ortiqov; 8. Ibrohim Ibragimov, 13. Alisher Odilov, 19. Ruslan Roziev.
Ogohlantirishlar: Saidazamat Mirsaidov (62). Muzaffar Olimjonov (70).
Fikrlar