So’nggi yangiliklar

13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0

18 dek 12:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Xalqaro musobaqada g'olib bo'lgan surxon bokschisi munosib kutib olindi

Joriy yilning 10-15 dekabr kunlari Rossiya Federaciyasining Xanti-Mansiysk shahrida neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar bokschilari o'rtasida xalqaro musobaqa tashkil etildi.

Mehnat Qahramoni Farmon Qurbon o'g'li Salmonov xotirasiga bag'ishlangan mazkur "Neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar kubogi" turnirida 23 mamlakatdan tashrif buyurgan ring ustalari ishtirok etishdi.

Bellashuvlarda ishtirok etgan charm qo'lqop ustalarimiz musobaqa yakuniga ko'ra, 2 ta oltin, 2 ta kumush hamda 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi va umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi.

Etiborlisi, ushbu nufuzli musobaqada 57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internati bitiruvchisi Kattakulov Fazliddin Zafar o'g'li barcha raqiblarini enggan holda oltin medalini qo'lga kiritdi.

17 dekabr kuni chempion bokschimiz Termiz IOZMI jamoasi va o'quvchilari tomonidan Surxondaryoda katta xursandchilik bilan kutib olindi.

Eslatib o'tamiz, turnirda quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:

-57 kg: Fazliddin Kattaqulov (oltin)

+91 kg: Lazizbek Mullajonov (oltin)

-75 kg: Abu Nuranov (kumush)

-91 kg: Jamshid Abdullaev (kumush)

-63 kg: Aliyor Noraliev (bronza)

-81 kg: SHohrux Rustamov (bronza).

Reyting:    

Fikrlar

   
18 dek 17:34:18
Сурхон Барлос
яша жигит
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing