So’nggi yangiliklar

17:28Роландо Ромеро ўз камарини Теофимо Лопесдан ҳимоя қилади 0 16:55Нурсултон Рўзибоев Рамзан Қодиров совға қилган қимматбаҳо автомобилни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 16:22"Ҳусанов "Ланс"га учаётганида: "Мени Россияга сотишади деб ўйлагандим", – дея тан олган эди" 0 15:56Хорхе Масвидаль: "Холлоуэйнинг ғалабасига уйимни тикаман" 0 15:30Махачев Россиянинг ММА рейтингидаги етакчилигига муносабат билдирди 0 14:58Конор Макгрегор: "Ҳозир фаолиятимнинг энг юқори чўққисидаман, Холлоуэйни нокаут қиламан" 0 14:34Возинья Лионель Месси билан бир жамоада бўлиши мумкин — Marca 0 14:11"Ferrari" ва "Honda Civic". UFC жангчиси Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:45Хабиб Аргентина терма жамоаси ҳақида: "Улар менга ёқмайди, лекин..." 0 13:20Умар Кремлёв: "ХОҚда бошқа чора қолмаганди" 0 12:52ЖЧ-2026`да яна бир рекорд қайд этилди 0 12:28Шанхайдаги UFC Fight Night 286 турнирининг иккинчи муҳим жанги эълон қилинди 0 11:57Макгрегор UFC 329 жанги учун янги номдаги шортиларни қабул қилиб олди + ФОТО 0 11:30Нурмагомедовнинг Шанхайдаги жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 10:56"Улар Мессининг чиқиб кетишини хоҳлашмаяпти". Миср мураббийи ФИФАни айблади 0

28 noy 12:37
Yangiliklar

Futbol

Xalqaro musobaqalarda ishlaydigan o'zbekistonlik hakamlar

Teglar :  Hakamlar
SHu yilning 6-16 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarda Klublar o'rtasida Jahon CHempionati bo'lib o'tadi.

O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ushbu musobaqada o'z brigadasi bilan ishtirok etadi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.

SHuningdek, 6-16 dekabr kunlari Janubiy Osiyo futbol federaciyasi (SAFF) tomonidan o'tkaziladigan terma jamoalar ishtirokidagi musobaqada Valentin Kovalenko bosh hakam, Ruslan Serazitdinov esa yordamchi hakam sifatida o'yinlarni boshqaradilar. Mazkur turnirda Janubiy Koreya, Xitoy, KDXR, Yaponiya davlatlari terma jamoalari qatnashishini ham takidlab o'tish zarur.

Ushbu musobaqalar bir vaqtda ayollar jamoalari o'rtasida ham o'tkaziladi va unda O'zbekistondan Edita Mirobidova bosh hakam, Zilola Rahmatova esa yordamchi hakam sifatida qatnashadi.

2018 yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda o'tkaziladigan 23 yoshgacha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida quyidagi hakamlarimiz ish olib boradilar: Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov.

Bundan tashqari, o'zbekistonlik FIFA instruktori Farhod Abdullaev ushbu musobaqaga hakamlar yo'riqchisi sifatida taklif etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing