So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

08 iyu 12:33
Yangiliklar

Boshqalar

Xalqaro sambo federaciyasi ijroqo'm direktori MOQga tashrif buyurdi

Teglar :  SamboO'zbekistonMOQ
Poytaxtimiz shu yilning 11-13 oktyabr kunlari sambo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Bo'lajak musobaqaga tayyogarlik jarayonini ko'zdan kechirish va ushbu sport turini yanada ommalashtirish mavzusida suhbat olib borish uchun Xalqaro sambo federaciyasi ijroqo'm direktori Sergey Tabakov va Xalqaro sambo federaciyasi vakili Aleksandr Korsik Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni Jasur Matchanov kutib oldi.

Suhbat avvalida MOQ Bosh kotibi mehmonlarga musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik va o'zbek sambochilarining imkoniyatlari xususida malumot berib o'tdi.

“Sambo yurtimizda eng rivojlangan sport turlaridan biri. Terma jamoamizda ushbu sport turi bo'yicha ko'pkarra jahon chempionligini qo'lga kiritgan yigitlar bor. Samboning O'zbekistondagi rivoji bir maromda va barqaror ketmoqda. Bo'lajak musobaqaga kelsak, biz uni yuqori saviyada o'tkazishga tayyormiz. Bu borada katta hajmda ishlar olib borilmoqda. Sambo sportini Xalqaro Olimpiya qo'mitasi ham tan oldi. SHu bois biz tomonimizdan uni yanada ommalashtirish masalasiga ham katta etibor qaratilgan. Ushbu sportning yanada ommalashishi uchun uni ko'plab xalqaro kompleks musobaqalar dasturiga kirishini taminlash maqsadga muvofiq. Misol uchun, sambo Islom birdamligi o'yinlari sport musobaqasi dasturiga kirsa, o'ylaymanki, uning ommalashuv geografiyasi yanada kengayadi”, – dedi Jasur Matchanov.

O'z navbatida Sergey Tabakov ham olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berib, hamkorlik borasida qator fikrlarni bildirib o'tdi.

“Darhaqiqat, o'zbek sambochilarining xalqaro maydondagi o'rni baland. Bu sport o'z-o'zidan bunchalik ommalashmayapti. Bunda MDH mamlakatlarining ham o'ziga yarasha o'rni bor. SHu bois ham biz yurtingizdagi oliy o'quv-yurtlarida samboga ixtisoslashgan fakultet ochish taklifi bilan chiqmoqchimiz. Agar bu g'oya amalga oshsa, professor pedagog-kadrlar bo'yicha biz har tomonlama yordam berishga tayyormiz. Samboni jahon miqyosida yanada ommalashtirish uchun uni o'smirlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish rejalashtirilgan. Bu esa Olimpiada sari qo'yilgan katta qadam bo'ladi”, – dedi Sergey Tabakov. 

Muzokaralar davomida mamlakatimizning kelasi yili harbiylar o'rtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qilishi ham alohida mavzuga aylandi. SHuningdek, samboning O'zbekistondagi rivoji borasida qator istiqbolli dasturlar xususida kelishuv olib borildi. Suhbat yakunida Xalqaro sambo federaciyasi vakillari yuqori saviyada tashkillashtirilgan uchrashuv uchun tashakkur aytib, MOQga esdalik sovg'alarini taqdim qilishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing