28 fev 10:29
Yangiliklar
Xalqaro shaxmat akademiyasida yana bir chempionat bo'lib o'tdi FOTOREPORTAJ
Bu safar 14-18 yoshdagi o'g'il va qiz bolalar O'zbekiston chempionatiga yig'ilishdi. Ishtirokchilar shaxmatning standart, blic va rapid yo'nalishlari bo'yicha o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazdilar.
Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Oksana Slapoguzova, Bahrom Baxrillaev, Muhriddin Madaminov, Davron SHaripov kabi iqtidorli shaxmatchilar o'z guruhlarida g'alaba qozonib, g'oliblik shohsupasining eng yuqori pog'onasidan o'rin egallashdi.
Nozima Ortiqova, Mumtozbegim Mansurova, Dilnura Rabbimova, Barchinoy SHokirjonova, Mahliyo Amirova, Sevinch Alimova, Asrorjon Omonov, Sayyid Usmon SHamsiddin, Olmos Rahmatullaev, Hadiyatullo Muhammedov, Jo'rabek Ibodullaev, Samandar SHermuhammadovlar keyingi o'rinlarni band etishdi.
G'olib va sovrindorlar shaxmat federaciyasining diplom va medallari bilan taqdirlandi.
Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar