So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

15 apr 16:42
Yangiliklar

Tennis

Xalqaro tennis federaciyasi prezidenti poytaxtimizga qilgan ilk tashrifida o'zbek tennisi maktabini etirof etdi

Xalqaro tennis federaciyasi prezidenti poytaxtimizga qilgan ilk tashrifida o'zbek tennisi maktabini etirof etdi

O'zbekistonda tennisni rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish va sportning ushbu turini yanada rivojlantirish yo'lida katta rejalarni amalga oshirish maqsadida Xalqaro tennis federaciyasi prezidenti Devid Xaggerti mamlakatimizga tashrif buyurdi.


Martabali mehmonni 14 aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov kutib oldi.


O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xalqaro tennis federaciyasi prezidenti Devid Xaggertini qabul qildi. Uchrashuvda tennisni mamlakatimizda yanada rivojlantirish, yirik xalqaro musobaqalar o'tkazish, tennis taraqqiy etgan horijiy davlatlarda mutaxassis va hakamlarimizning malakasini oshirish uchun Xalqaro federaciya grantlarini ajratish, ularni ATP va WTA turnirlariga ko'proq jalb qilish, o'zbekistonlik tennis mutasaddilarini xalqaro tashkilot boshqaruvidagi nufuzli bo'limlarda faoliyat olib borishini taminlash singari masalalar muhokama qilindi.


SHundan so'ng, Devid Xaggerti O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Qayd etish joiz, bu Xaggerti janoblarining mamlakatimizga amalga oshirgan ilk tashrifi hisoblanadi. SHunday bo'lsa ham martabali mehmon yurtimizga qilgan o'z safaridan katta taassurot olayotganiga alohida to'xtaldi.


Milliy Olimpiya qo'mitasida bo'lib o'tgan uchrashuvda Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati Devid Xaggerti bilan o'zbek tennis maktabining xalqaro arenadagi mavqeyini yanada mustahkamlash bo'yicha o'zaro fikr almashdi. SHuningdek, mazkur tadbirda MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov va O'zbekiston tennis federaciyasi bosh kotibi Iroda To'laganova ham qatnashdi.


MOQdagi tashrif yakunlangach, mehmon poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabiga yo'l oldi. U erda Devid Xaggerti yosh sportchilarning mashg'ulotini kuzatib, ularga o'zining qimmatli maslahatlarini berdi va esdalik uchun suratga tushdi. SHundan so'ng, ishchi guruh martabali mehmonni Temuriylar tarixi davlat muzeyiga taklif qildi. U erda Xaggerti janoblari o'zbek xalqi madaniyati va tarixi, davlatchiligimizning rivojlanish bosqichlari bilan yaqindan tanishdi.


Mamlakatimizga yuqori darajadagi bunday mutaxassislarning tashrifi Prezidentimiz tomonidan sport sohasida olib borilayotgan ulkan islohotlarning xalqaro maydonda tan olinayotganidan dalolat berishi shubhasiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing