So’nggi yangiliklar

14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0 13:11Шаҳин кечаги қийин ғалабадан сўнг нималар деди? 0 12:40Волкановски Мовсар Евлоев устидан муддатидан олдин ғалаба қозонишни ваъда қилмоқда 0 12:09Ғиждувонда белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон Кубоги ўтказилди 0 11:38Ислам Махачев жанг қилиши кутилаётган UFC 336 турнири расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:07Моуриньо кечаги ғалабадан сўнг нималар деди? 0 10:36Aktau Asian Open 2026 турнирини 13 та медаль билан якунладик 0 10:05"Овчи"нинг UFC`даги жанги яна бекор қилинди 0 09:34WTA Ningbo Open. Камилла Раҳимова ҳам асосий тўрга йўл олди 0 09:03Sofascore. Шомуродов кечаги учрашув учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 08:32Дана Уайт Хоакин Баклининг қўл беришдан бош тортгани ҳақида: "Уни ҳайдашни айтдим" 0 08:01Жаҳон чемпионатида илк йўқотиш. Ҳакамлар мексикаликнинг ғалабасини таъминлашди 0 19:56"Бировнинг нарсаси керак эмас, ўзимникини эса бермайман!" Пётр Ян Двалишвили билан трилогияга тайёргарликни якунлади 0

15 noy 10:52
Yangiliklar

Dzyudo

Xalqaro yig'in doirasida yulduzlar ishtirokida kichik turnir o'tkazildi FOTOGALEREYA

SHu kunlarda poytaxtimiz O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan dzyudo bo'yicha besh davlat terma jamoalari ishtirokidagi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'iniga mezbonlik qilmoqda.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi qoshidagi Dzyudo markazida o'tkazilayotgan mashg'ulotlarda mamlakatimiz sportchilari bilan birga Gruziya, Franciya, Qirg'iziston va Misr terma jamoalari ishtirok etayotgandi. Ulardan yon qo'shnilarimiz mashg'ulotni yakunlab, Bishkekka jo'nab ketishdi. 

Kecha xalqaro mashg'ulot doirasida O'zbekiston va Misr terma jamoalari o'rtasida o'ziga xos musobaqa o'tkazildi. Unda uch karra Olimpiya o'yinlari sovrindori Rishod Sobirov, Olimpiadaning kumush medal sohibi, jahon chempioni Abdulla Tangriev, taniqli polvonimiz SHerali Jo'raev kabi dzyudochilarimiz ham o'z mahoratlarini namoyish etishdi. Bellashuvlarni kuzata turib, oltin zanglamas degan aqida naqadar to'g'ri ekaniga yana bir bor amin bo'ldik. Bellashuvlarda xalqaro toifadagi IJF referilarimiz Ramziddin Saidov va Vyacheslav Pereteyko hakamlik qilishdi.  

Ushbu tadbirni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, MOQ vice-prezidenti, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov kuzatib bordi. Kichik turnir yakunida O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan mehmonlarga esdalik sovg'alari taqdim etildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing