01 okt 12:01
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/88852_220.jpg)
Xames, Beyl yo'q... "Real" ECHLning 2-turi uchun qaydnomani elon qildi
Madridning "Real" klubi Evropa CHempionlar ligasining 2-tur uchrashuvini o'z maydonida Belgiyaning "Bryugge" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan 21:55da boshlanadi. Madridliklarning murabbiylar shtabi bo'lajak bahs uchun futbolchilarning qaydnomasini elon qildi.
Ro'yxatdan Garet Beyl, Xames Rodriges, Alvaro Odriosola, Marko Asensio, Braim Dias, Ferlan Mendi, Rodrigo va Mariano Dias joy olmagan.
Darvozabonlar – Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diego Altube;
Himoyachilar – Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Marselo;
Yarim himoyachilar – Eden Azar, Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko;
Hujumchilar – Karim Benzema, Lukas Vaskes, Luka Yovich, Vinisius Junior.
Havola :
Fikrlar