10 sen 13:15
Yangiliklar
Futbol

Xamesning Bavariyadagi debyuti mag'lubiyat bilan tugadi
Xames Rodriges Bavariya safida Germaniya chempionatinig 3-turida Xoffenxaym bilan bahsda debyut qildi.
Kolumbiyalik futbolchi Tomas Myullerning o'rniga 78-daqiqada maydonga tushirildi. Lekin u qolgan daqiqalarda jamoasiga yordam bera olmadi. Bavariya Xoffenxaymga 0:2 hisobida yutqazdi.
Malumot uchun, Myunxen klubi Xamesni Realdan ikki yilga ijaraga olgan. 2019 yilda esa Bavariya uni 42 million evro evaziga sotib olishi mumkin.
Havola :
Fikrlar