05 sen 10:24
Yangiliklar
Xamzat CHimaev Islam Maxachevning jangiga baho berdi
"Islam o'z ishini qildi. Mening xayolimda hammasi aynan shunday bo'lishi kerak edi. Yen Gerri bo'yi baland, noqulay raqib, Islam esa hozir 70 kg vaznda emas, balki yigitlar biroz og'irroq bo'lgan 77 kg vaznda jang qilmoqda. Agar ular engil vazn toifasida jang qilishganida, Islam uni muddatidan oldin taslim etgan bo'lardi", — dedi "Borz" "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida.
Irlandiyalik jangchiga qarshi bahsdan so'ng Islam Maxachev dekabr yoki yanvar oyida chempionlik kamarini navbatdagi himoya jangini o'tkazishga tayyorligini malum qilgan va eng ehtimoliy raqib sifatida braziliyalik Karlos Pratesni tilga olgandi.
Joriy yilning may oyida SHon Striklend bilan qarama-qarshilikda UFC o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini boy bergan Xamzat CHimaev esa bugun Moskvada bo'lib o'tadigan RAF turnirining asosiy bellashuvida Tayron Vudli bilan to'qnash keladi.

Fikrlar